Qadrli talabalar, 

Birinchi kurslar uchun tanishtiruv suxbati 4-oktabr (payshanba) va 6-oktabr (shanba) kunilari bo’lib o’tadi. Suxbat guruhlarga bo’linib turli vaqtlarda bo’lib o’tadi.
Viloyatlardan keluvchi talabalarning Toshkentga yetib kelish vaqtini xisobga olgan xolda, avval tanishtiruv suxbati Toshkent shahri va Toshkent Viloyatida istiqomat qiluvchi talabalar uchun 4-oktabrda bo’lib o’tadi, shuningdek viloyatdan keluvchi talabalar uchun 6-oktabrda bo'lib o'tadi.

Suxbat o´tkaziladigan joy: Alisher Novoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti Universiteti (eski Nizomiy nomidagi Pedagogik Universiteti).

BUTga qabul qilingan barcha talabalar tanishuv suxbatida ishtirok etishi shart. 
Ota-onalar tanishtiruv suxbatiga kiritilmaydi. 


Tanishtiruv suxbati quyidagi mavzulardan iborat:

  1. Birinchi semestrda o’tiladigan asosiy fanlar haqida ma’lumot;
  2. Universitet o’quv sistemasi;
  3. Universitetning asosiy qonun-qoidalari;
  4. Universitetning baholash tizimi;
  5. Stipendiya olish tizmi haqida ma’lumot.

**** 6 oktyabrda o’tqaziladigan tanishtiruv suxbati rejasi ertaga e’lon qilinadi.

4-oktyabrda o’tqaziladigan suxbat jadvali shuyerda.

Hurmat bilan, 
Puchon Universiteti ma'muriyati

Suxbat jadvali ko'rish

Jadvali ko'rish