Hurmatli talabalar,

Sizga shuni ma´lum qilamiz shartnoma pulini to´lash bayram kunlariga tog´ri kelgani uchun shartnoma tuzish va to´lov kunlarni uzaytiramiz. 

-Manzil: Turin Politexnika Universiteti;

-Vaqti: 2018-yilning 5-sentabrgacha, 09:00 - 18:00. (** Dam olish kunlari:1-2 sentabr). 

-Kerakli hujjatlar: passport nusxasi va to'lovchining INN varaqasi + talabaning passport va INN nusxasi. 

To'lov turi:

To'lov shartnoma tuzilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida amalga oshirilishi kerak. To'lov so'mda qabul qilinadi.

To'lov 3 ko'rinishda amalga oshiriladi:

  1. Naqd,
  2. Pul o'tkazish (oldinroq murojaat qilishingizni soraymiz), 
  3. Terminal orqali.  

Biz viloyatda yashaydigan talabalarimiz uchun telegram orqali shartnoma yuborishimiz mumkin.

  • Telegramda +99890 1163600  raqamiga murojaat qiling (passport nusxasi va to'lovchining INN varaqasi + talabaning passport va INN nusxasi. )
  • Biz sizga shartnomani to'ldirib yuboramiz hamda siz shartnomani chiqarib imzolaysiz;
  • Siz 5-sentabr o'zingizga yaqin bankda o'zingizga qulay usulda ( Naqd pul, Pul o'tkazish yo'li orqali, Terminal orqali) to'lovni amalga oshirasiz; 
  • Siz 5-sentabrga qadar bank to'lov kvitansiyasini va o'zingiz tomoningizdan imzolangan shartnoma suratini  telegramdagi manzilimizga yuborasiz; 
  • Shartnomaning asl nusxasini Toshkentga kelgach universitetga taqdim etasiz (O’zingiz bilan shartnoma pulini to’lovchining passporti va soliq to’lovchining shaxsiy raqami (INN) qog’ozini shuningdek o’qishga kirgan talabaning passporti va soliq to’lovchining shaxsiy raqami (INN) qog’ozini olib keling). 

*** Yotoqxona uchun arizani ham telegram orqali yuborishingiz mumkun. (Bu haqida bizni ogohlantiring).  

Hurmat bilan, 
Puchon Universiteti ma'muriyati