Hurmatli talabalar, 

Eslatib o'tamiz, Turin Politexnika Universitetida (107-xona) 24-avgustdan 30-avgustga qadar soat 09:00dan 18:00gacha shartnoma tuzilib to'lovlar qabul qilinadi. 

To'lovlar 3xil turda amalga oshiriladi: 

  1. Naqd pul; 
  2. Pul o'tkazish yo'li orqali (ertaroq murojaat qilishingizni so'raymiz);
  3. Terminal orqali. 

Biz viloyatda yashaydigan talabalarimiz uchun elektron pochta orqali shartnoma yuborishimiz mumkin.

  • +99890 1163600, +99897 4630037 raqamlariga murojaat qiling; 
  • Biz elektron pochtangizga shartnomani yuboramiz; 
  • Siz 30-avgustgacha o'zingizga yaqin bankda o'zingizga qulay usulda ( Naqd pul, Pul o'tkazish yo'li orqali, Terminal orqali) to'lovni amalga oshirasiz; 
  • Siz 30-avgustga qadar bank to'lov kvitansiyasini va o'zingiz tomoningizdan imzolangan shartnoma suratini elektron pochtamizga yuborasiz; 
  • Shartnomaning asl nusxasini Toshkentga kelgach universitetga taqdim etasiz (O’zingiz bilan shartnoma pulini to’lovchining passporti va soliq to’lovchining shaxsiy raqami (INN) qog’ozini shuningdek o’qishga kirgan talabaning passporti va soliq to’lovchining shaxsiy raqami (INN) qog’ozini olib keling). 

*** Yotoqxona uchun arizani ham elektron pochta orqali jo'natishingiz mumkin (Bu haqida bizni ogohlantiring).