Joriy yilning 4, 6-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Puchon Universiteti talabalar bilan tanishuv suhbatini o’tkazdi.

photo_2018-10-08_14-15-04.jpg (93 KB)   photo_2018-10-08_14-16-09.jpg (107 KB)     photo_2018-10-08_14-16-12.jpg (109 KB)

  1. Toshkent shahridagi Puchon universiteti tavsifi.

Universitetning asosiy ajralib turadigan tomoni 3+1 tizimidir. 3 yilda Toshkent shahridagi Puchon universitetida bakalavr darajasini olib, Koreyadagi Puchon universitetidan kichik mutaxassis diplomini oladi. Agar talabalar xoxlasa, 1 yil davomida Koreyadagi Puchon universitetida ham tahsil olib, bakalavr diplomini egallashlari mumkin.

Universitet Koreya va O’zbekiston kelishuvi orqali tashkil topganligi sababli, ikkala taraf qoidalari hurmat qilinishi kerak. Qoidalar buzilgan taqdirda kichik mutaxassis darajasini berilmasligi mumkin.

    2. Akademik qism.

O’qish universitetda 3 yil davom etadi. Universitetda bir semester 15 xaftadan iborat(8-oktabr - 18-yanvar). Semestr davomida oraliq va yakuniy nazorat, uyga vazifalar, guruh proyektlari va dokladlar bo’ladi.

Darslar maktabgacha ta’lim(kunduzgi) va Koreys tili fakultetlarida 9:00 dan 18:00 gacha bo’lib o’tadi.

  • para - 9:00 / 2-para – 10:00 / 3-para – 11:00 / 4-para - 12:00

5-para – 13:00 / 6-para- 14:00 / 7-para- 15:00 / 8-para- 16:00 / 9-para- 17:00

Kechki bo’lim darslari dushanba va seshanba kunlari soat 18:30 da, shanba kuni soat 9:00 dan boshlanadi.

O’quv mashg’ulotlari 2-qavatda BUT 1, 2, 3, 4, 5 xonalar va 5-qavatda BUT 6, 7 xonalarda bo’lib o’tadi.

Universitet Koreya tizimi bo’yicha ishlaydi.

Semester bo’yicha maksimal ball – 4.5. Bir fandan olingan maksimal ball miqdori – 100 ball.

Ballar quyidagi tarzda beriladi: A+ (ekvivalent 5+) / A (5) / B+ (4+) / B(4) / C+ (3+) / C (3) / D+ (2+) / F (Fail). O’quvchi D+ ballni ikki martta olgan taqdirda u universitet talabalari safidan chiqaraladi.

100 ballni to’plash uchun: davomat, oraliq va yakuniy nazorat imtihonlari, uyga vazifalar va mustaqil ish kabilar. O’quvchini baholash darsni olib boruvchi professorga ham bog’liq.

Darsni 4 martta qoldirgan taqdirda o’quvchi F ball oladi. Darsga kech kelish ham yomon oqibatlarga olib keladi – ikki martta darsga kech qolish bir martta dars qoldirishga barobardir. Darsga  8 martta kech qolish esa 4 ta dars qoldirishga barobardir va fandan F ball oladi.

Barcha fakultetlarda ikkinchi til sifatida koreys tili fani o’qitiladi.

Universitet o’quvchilari uchun Koreyada amaliyot o’tash imkoniyatini yaratishga harakat qilinmoqda.

        3. Talaba hayoti.

Universitet maqsadi- talabalik davrini unutilmas va qiziqarli voqealarga boyitishdir.

Noyabr oyida talabalarning birgalikda vaqt o'tkazishlari uchun umumiy safar uyushtirilishi kutilyapti. Shuningdek, talabalar uchun turli xil tadbirlar o'tkazish kutilyapti.

Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti unuversitetida binosida o'qish mobaynida forma kiyishlari kerak(pastiga qora, tepasiga oq). Shuningdek, talabalar student bileti tayyor bo'lguniga qadar original pasport bilan kelishlari shart.

       4. Stipendiyalar.

Universitetda stipendiya faqat talabalarning o'zlashtirishiga qarab berilishi qabul qilingan. Talabalarning shaxsiy ahvoli hisobga olinmaydi. Boshqa stipendiyalarning berilish imkoniyati ko'rib chiqilyapti. 

 

Hurmat bilan, 
Puchon Universitet ma'muriyati.