"Toshkent shahridagi Bucheon Universitetining filiali ochilishi" haqidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, 2018 yil 25 iyundan boshlab Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining 1 qavatida Bucheon Universitetiga talabalarni qabul qilish komissiyasi o'z ishini boshlaydi. 

Hozirgi paytda www.but.uz universtitet saytida onlayn ro'yxatdan o'tish davom etmoqda. Onlayn ro'yxatdan o'tishning noqulayliklarini bartaraf etish maqsadida qabul komissiyasi joyida onlayn ro'yxatdan o'tishni amalga oshiradi. Abiturientlar kerakli hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga kelib, hujjatlarni topshirgan paytda onlayn ro'yxatdan o'tish birgalikda amalga oshiriladi.

Toshkent shahridagi Bucheon Universiteti Qabul Komissiyasi

Qabul boshlanishi sanasi: 2018 yil 25 iyun

Qabul komissiyasi manzili: Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti, 1 qavat. Kichik Xalqa yo`li 17.

Murojaat uchun telefon: +99897 463 0037, +99890 116 3600